Faktura asosida
qabul
Mahsulot nomi, miqdori va ishlab chiqaruvchisini rasmiy hisobvaraq-faktura bilan solishtiramiz.
Sizni tinglaymiz, savollaringizga tushunarli javob beramiz. Dori qabulidan sizning qo‘lingizgacha — har qadamda e’tibor.
Yaqin insoningiz uchun tanlagandek e’tibor bilan. Mahsulot, yo‘riqnoma va saqlash haqidagi savollaringizni bizga bering.
Qabuldan polkagacha tekshiruvdan o‘tgan dori vositalari.
BatafsilYopish+Mahsulotning nomi, ishlab chiqaruvchisi, miqdori, seriyasi va muddati tekshiriladi. Qadoq holati hamda markirovka ma’lumotlariga e’tibor beriladi.
Tekshiruvni ko‘rishYo‘riqnoma va saqlash haqidagi savollaringizni bering.
BatafsilYopish+Farmatsevtimiz qadoq va yo‘riqnomadagi ma’lumotlarni tushuntiradi. Mahsulotingizni uyda saqlash bo‘yicha ko‘rsatmalarni birga ko‘rib chiqishingiz mumkin.
Savollarga javoblarMahsulot haqida ma’lumot olib, savollaringizni aniqlashtiring.
BatafsilYopish+Qadoqdagi tarkib, qo‘llash va saqlash haqidagi ma’lumotlar bilan tanishing. Tushunarsiz joylarini farmatsevtimizdan so‘rang.
Dorixonani topishDorilar GDP yetkazib beruvchisidan fura va yuk mashinalarida keladi. Xodimimiz qadoqlangan karobkalarni qo‘lma-qo‘l qabul qiladi.
Karobkani ochib, ichidagi dorilarni fakturaga solishtiramiz. Nomi, miqdori, ishlab chiqaruvchisi, seriyasi, muddati va qadoq holati tekshiriladi.
Qadoqdagi DataMatrix kodi skanerlanadi. Ma’lumotlari mosligi va Oilaviy dorixona hisobiga kirim qilingani tekshiriladi.
Dorilarni ishlab chiqaruvchi belgilagan harorat, namlik va yorug‘lik talablariga mos maxsus joylarda saqlaymiz.
Dorilar mos sharoitdagi dorixona polkalariga joylashtiriladi. Xaridingiz Oilaviy dorixona paketida taqdim etishga tayyorlanadi.
Farmatsevt dorini Oilaviy dorixona paketida taqdim etadi. Yo‘riqnoma va uyda saqlash haqidagi savollaringizga javob beradi.
E’TIBORIMIZ DAVOM ETADIHujjat, qadoq, markirovka va saqlash sharoiti — xaridingiz ortidagi jarayonning har bir qismiga e’tibor beramiz.
Savollarga javoblarMahsulot nomi, miqdori va ishlab chiqaruvchisini rasmiy hisobvaraq-faktura bilan solishtiramiz.
Har bir markirovkalangan qadoq kodi skanerlanadi. Oilaviy dorixona hisobiga kirim holati tekshiriladi.
Omborda ham, dorixona polkasida ham mahsulotga mos harorat, namlik va yorug‘lik.
Yo‘riqnoma va uyda saqlash haqidagi savollaringizni farmatsevtimizga berishingiz mumkin.
Oilaviy Farm va Nur Shifo filiallari. Sizga qulay manzilni tanlang.
Filiallar yuklanmoqda…
Nom yoki manzil bo‘yicha qidiring.
Filial topilmadi. Boshqa tuman yoki ko‘cha nomini yozing yoxud qidiruvni tozalang.
Filialni kartalardan yoki xaritadagi belgidan tanlang.
Insonlarga oilamiz a’zosidek qayg‘uradigan jamoamizga qo‘shiling. Oilaviy Farm va Nur Shifo tarmoqlaridagi ochiq ish o‘rinlari bilan tanishing.
Ish o‘rinlari yuklanmoqda…
Qabul, markirovka va saqlash jarayoni haqida ko‘p so‘raladigan savollar.

Mahsulotlarni rasmiy hisobvaraq-faktura asosida kirim qilamiz. Shu hujjat orqali yetkazib beruvchi, mahsulot nomi, miqdori va ishlab chiqaruvchisi haqidagi ma’lumotlarni solishtiramiz. Seriya, yaroqlilik muddati va qadoq holati ham tekshiriladi.
Ha. Har bir markirovkalangan qadoq kodi alohida skanerlanadi. Mahsulot ma’lumotlari va uning Oilaviy dorixona hisobiga kirim qilingani tizimda tekshiriladi.
Yo‘q. Harorat, namlik va yorug‘lik talablari mahsulotga qarab farq qiladi. Ishlab chiqaruvchi ko‘rsatgan sharoit asos qilib olinadi. Sovuq saqlash talab qilinadigan mahsulotlar maxsus joyda saqlanadi.
Ha. Saqlash talablariga dorixona polkalarida ham rioya qilinadi. Sovuq saqlash talab qilinadigan mahsulotlar oddiy polkaga qo‘yilmaydi.
Aynan olgan mahsulotingiz qadoq va yo‘riqnomasidagi saqlash ko‘rsatmalariga amal qiling. Farmatsevtimizdan tushuntirish so‘rashingiz mumkin.
Bu sahifa ish jarayonini tushuntiradi. Animatsiyadagi faktura, quti, kod va interyerlar tasviriy namuna; ular muayyan mahsulotning real vaqtdagi tekshiruv natijasi yoki dorixonaning haqiqiy fotosuratlari emas.